Bugundan yangi Mehnat kodeksi kuchga kirdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
“O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to`g`risida”gi Qonun qabul qilingan.
Yangi Mehnat kodeksiga ko`ra, jumladan:
🔹Mehnat shartnomasida xodimni kamsitadigan shartlar bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi.
🔹Mehnatga natura shaklida haq to`lash taqiqlanadi.
🔹Ishdan bo`shatish nafaqasi 200 foizgacha to`lanadi.
🔹Dam olish kuni bayram kuniga to`g`ri kelsa keyingi kunga ko`chiriladi.
🔹Ish beruvchining xodimdan mehnat shartnomasida shartlashilmagan ishni talab qilishi taqiqlanadi.
🔹Xodim har xil malaka talab etiladigan ishlarni bajarganda unga yuqori malaka bo`yicha haq to`lanadi.
🔹Yillik asosiy ta`til muddati 21 kalendar kun etib belgilanadi.
🔹Xizmat tekshiruvi o`tkazish tartibi belgilanmoqda
🔹Xodimlarga ish haqi qisman saqlanadigan qo`shimcha ta`tillar berilishi mumkin.
🔹Ayollarga homilani antenatal (tug`ruqqacha) parvarishlash uchun qo`shimcha bo`sh kunlar beriladi.
🔹3 yoshgacha bolasi bor ayollarni ishdan bo`shatish asoslari kengaytirildi.
🔹Ayrim toifadagi xodimlar uchun sinov muddati 3 oydan 6 oygacha uzaytiriladi.
🔹Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish tartibi belgilanmoqda.
🔹Ish beruvchining boshqa joyga ko`chishi mehnat shartnomasini o`zgartirishga asos bo`ladi.
🔹Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga to`lmagan shaxslarga dastlabki sinov belgianmaydi.