Xorazm viloyatida ijarada yashovchi ayolning qiziga nisbatan shilqimlik sodir etildi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, joriy yilning 28 aprel kuni Yangiariq tumanida ijarada yashovchi, 1984 yilda tug`ilgan fuqaro M.M. ijtimoiy tarmoq orqali murojaat yo`llab, unda o`zi ijarada yashab kelayotgan xonadon egasi tomonidan qiziga nisbatan shilqimlik sodir etilganligini aytgan va mazkur holat yuzasidan yordam berishlarini so`ragan.
Hozirda holat yuzasidan murojaat muallifi M.M.ning Yangiariq tumani IIB tergov-tezkor guruhi va IIB Xotin-qizlar qizlar masalalari bo`yicha mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






