AsosiyJamiyat

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi olamdan o`tdi

'O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi olamdan o`tdi'ning rasmi

O`zbek musiqa san`ati rivojlantirishga katta hissa  qo`shgan yoshlar murabbiysi, professor Jahongir Ibragimov bugun, 1 may kuni 70 yoshida vafot etdi. Madaniyat va turizm vazirligi Jahongir Ibragimov vafoti munosabati bilan ta`ziyanoma e`lon qildi.

Ibragimov Jahongir Akbarovich 1953-yilning 12-noyabrida Toshkent viloyatida tavallud topgan.

O`z faoliyatini 1971-yildan R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida o`qituvchi sifatida boshlab, keyinchalik musiqa ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimida ham faoliyat olib borgan.

Ma`lumot o`rnida, Jahongir Akbarovich O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi, professor, “Madaniyat va san`at fidokori” ko`krak nishoni bilan taqdirlangan.

 

    Boshqa yangiliklar