Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy pirotexnika va salyutlarni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Shuningdek, qonunda dam olish kunlari tungi musiqa va xonadonlarda ta`mirlash ishlarini taqiqlash ham nazarda tutilgan.
Hujjatga ko`ra, feerverklardan foydalanish va sotish taqiqlanadi. Ushbu normalar qonun e`lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.
Bundan tashqari, olti oy ichida Ukrainada shovqinni kamaytirish standartlari kuchga kiradi.
Shuningdek, qo`riqlanadigan ob`ektlarda soat 22:00 dan 08:00 gacha baland ovozda qo`shiq aytish va baqirish, ovozni qaytaruvchi uskunalar va boshqa maishiy shovqin manbalaridan foydalanish, pirotexnika vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Shovqin bilan kechadigan ta`mirlash ishlari ish kunlarida soat 21:00 dan 08:00 gacha, bayram va ishlamaydigan kunlarda esa kechayu kunduz taqiqlanadi.






