Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, shimolda va cho`l hududlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo`ladi.
Tog`li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo`ladi.
04.05.2023 08:03
Bugun 4 ta viloyatda yomg`ir yog`ishi prognoz qilindi






