Ijtimoiy tarmoqlarda noma`lum kimsa boshqa shaxsni do`pposlab, unga tan jarohatlari etkazayotganligi tasvirlangan videolavha tarqaldi.
Holat IIV Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan o`rganilmoqda, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.
"Mazkur holat respublika hududidan tashqarida sodir etilganligi bo`yicha birlamchi tezkor ma`lumot olingan. Hozirda departament xodimlari tomonidan xorijiy hamkasblar bilan hamkorlikda videolavhada aks etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish bo`yicha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilayotgan bo`lib, ularning natijasi yuzasidan aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligini ta`minlash choralari ko`riladi", - deyilgan xabarda.






