AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 4 oy ichida 46 gektardan ziyod bo`sh er maydonlari aniqlanib, auksion savdolariga chiqarish uchun "Yerelektron" tizimiga kiritildi

'Qashqadaryoda 4 oy ichida 46 gektardan ziyod bo`sh er maydonlari aniqlanib, auksion savdolariga chiqarish uchun "Yerelektron" tizimiga kiritildi'ning rasmi

Joriy yil boshidan buyon Qashqadaryo viloyati bo`yicha jami 845 ta ya`ni 46.41 gektar bo`sh er uchastkalari xatlov natijasida aniqlanib, “Yerelektron” AATga kiritildi va tegishli tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosalar berilgan 522 ta ya`ni 17.14ga er uchastkalari elektron Onlayn auksionlarni tashkil etish markaziga yuborildi. Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xabar qildi. 

O`tgan vaqt davomida 479 ta ya`ni 17.21 ga bo`sh er uchastkalari onlayn-auksion savdosida tadbirkorlarga sotildi.

Hududlar kesimida ko`rilganda eng ko`p bo`sh er uchastkalari Yakkabog` tumanida aniqlangan. 115 ta ya`ni 2.66 gektar.

Eng ko`p bo`sh er uchastkalari Chiroqchi tumanidan auksionga chiqarilgan. 68 ta ya`ni 3.16 gektar.

Eng ko`p bo`sh er uchastkalari auksionda sotilgan hudud esa Nishon tumani.Tumanda 67 ta ya`ni 1.34 gektar auksion savdolarida tadbirkorlarga sotilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar