AsosiyJinoyat

Buxoroda erkak ayolini urib, qovurg`alari va burnini sindirdi (video)

'Buxoroda erkak ayolini urib, qovurg`alari va burnini sindirdi (video)'ning rasmi

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida erkak 22 yildan buyon birga yashab kelayotgan rafiqasini urib, qovurg`alari va burnini sindirdi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma`lumot berdi
 

Ayol davolanayotgan shifoxona bo`lim boshlig`ining bildirishicha, ayol 30 aprel kuni olib kelingan. Kelgan vaqtida tashxisi: bosh miya yopiq shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, chap qovurg`a 7-8-qovurg`alarining sinishi, burun suyaklarining yopiq sinishi deb belgilangan. Hozirda ahvoli og`ir. 

Jabrlanuvchi ayol hodisa sodir bo`lgan kundagi voqeani aytib berdi. Uning ta`kidlashicha, bu ilk bor zo`ravonlikka uchrashi emas.

“Mast holatda keldi. Telefonda bittasi bilan gaplashib o`tirgan edi. O`g`lim bilan supada o`tirgandik. Bolamga darvozani yopib kelishini aytganimda nega gapimga gap qo`shding, deb meni urib, do`pposlab ketdi. O`g`ilchamning qo`lidan hech nima kelmaydi, kichkina hali. Darvozani qulflab qo`ygan edilar, qocha olmadim. Orqa eshikchani ochib, onamnikiga qochib ketdim. Bu hodisa necha marta bo`lgan. Lekin bu darajada urmagan edi. Yaxshi bo`lib ketarmiz, deb o`ylar edim”, — deydi ayol.

Mazkur holat tuman IIB navbatchilik qismida tegishli tartibda qayddan o`tkazilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Jinoyat kodeksining 126-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar