AsosiyJinoyat

Toshkentda bog`cha mudirasining o`g`liga nisbatan jinoiy ish ochildi

'Toshkentda bog`cha mudirasining o`g`liga nisbatan jinoiy ish ochildi'ning rasmi

Avvalroq, Chilonzordagi 230-sonli bolalar bog`chasida direktorning 15 yoshli (9-sinf) o`g`li 6 yosh atrofidagi 4 nafar qizchaga, ular uxlashga yotgan vaqtida tegajog`lik qilgani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar IIBB holat bo`yicha jinoyat ishi ochilganini ma`lum qildi.

Aytilishicha, joriy yilning 2 may kuni 4 nafar fuqarolar Chilonzor tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, ularning farzandlari (6 yoshli qizlar) Chilonzor tumanidagi maktabgacha ta`lim muassasalardan birida uxlab yotgan vaqtida, voyaga etmagan 2008 yilda tug`ilgan X.Sh. bolalarning tanasini turli qismlarini qo`li bilan ushlab, uyasiz buzuq harakatlar sodir qilganligini ma`lum qilishgan va X.Sh.ga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda. Jinoyat ishi doirasida barcha holatlar batafsil o`rganilib, zaruriy tergov harakatlari o`tkazilishi va natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar