Toshkent shahar IIBB bedarak yo`qolgan fuqarolarni qidirishda ko`mak so`ramoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2006 yilda tug`ilgan Tojiboeva Fotima Raximberdi qizi, 2023 yilning 29 aprel kuni Yashnobod tumani, “Yangi davr” mahallasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo`yi 160-165 sm, o`rtacha gavdali, sochlari kalta va qora, ko`zlari jigar rang, chap qo`lining bilagida chandig`i bor. Kiyimlari: havo rang ko`ylak, shippak va ro`mol.
2005 yilda tug`ilgan Irismetova Muslima Umarovna, 2023 yilning 20 fevral kuni Shayxontohur tumani, “Shodlik” mahallasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo`yi 175 sm, ozg`indan kelgan, sochlari uzun va jigarrang, ko`zlari jigar rang. Kiyimlari: Oq-qora uzun ayollar ko`ylagi, qora ro`mol, oq-qora krossovka, o`zi bilan qora rangli sumka bo`lgan.
Shuningdek, 1993 yilda tug`ilgan Muminqulov Yashnar Nodirovich, 2023 yilning 22 aprel kuni Olmazor tumani, “Qo`shtut” mahallasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan. Belgilari: bo`yi 150-155 sm, ozg`indan kelgan, sochlari va soqoli qora, qoshi qalin, burnida chandig`i bor.
Kiyimlari: Qora rangli kurtka, to`q ko`k rangli shim, kulrang jemfer, qizil rangli sport oyoq kiyimida bo`lgan.
"Hurmatli fuqarolar! Agar sizda yuqoridagi shaxslarning turar joylari to`g`risida ma`lumot bo`lsa, eng yaqin ichki ishlar bo`limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so`raymiz", - deyiladi IIBB xabarida.






