Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda haydovchi bola o`g`rilashga qarakat qilgani aks etgan video tarqalgan. Unda mashina kelib to`xtaganini, haydovchi voyaga etmagan qizlarga gapirgani aks etgan.
Samarqand IIV voqea 3 may kuni Samarqand shahar Marokand ko`chadida sodir bo`lganini ma`lum qilgan. IIB tomonidan mashina haydovchisi qo`lga olingan. Tergovga qadar tekshiruvda, haqiqatdan ham haydovchi qizchalarning yo`lini to`sib qo`rqitgani aniqlangan va to`plangan hujjatlar Samarqand sudiga yuborilgan.
Sudda haydovchi voqea butunlay boshqacha bo`lganini aytib, o`z aybini tan olmasada tergov jarayonlarida uning harakati o`z isbotini topgan. Shunday qilib sudda aybdor Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, 10 sutkaga qamaldi.






