AsosiyJamiyat

“Chimyon”da adashganlar tog`ning dengiz sathidan 2800 metr balandlikdagi “Oqsoy” hududidan topildi(video)

'“Chimyon”da adashganlar tog`ning dengiz sathidan 2800 metr balandlikdagi “Oqsoy” hududidan topildi(video)'ning rasmi

Kecha, 6 may kuni soat 12:09 da Toshkent viloyati FVBga ikki nafar fuqaro “Chimyon” tog`lariga dam olish maqsadida chiqib, adashib qolganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga FVVning Chimyon yong`in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari etib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. 

Natijada yo`ldan adashgan fuqarolar “Katta Chimyon” tog`ining dengiz sathidan 2800 metr balandlikdagi “Oqsoy” hududidan topilib, maxsus asbob-anjomlar yordamida sog`-salomat olib tushilgan.  

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`qligi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar