AsosiyJamiyat

Navoiyida xususiy bog`cha tarbiyachisi bolani kaltakladi

'Navoiyida xususiy bog`cha tarbiyachisi bolani kaltakladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Navoiy viloyatida bog`cha tarbiyachisi tarbiyalanuvchini kaltaklagani haqida”gi videomurojaat Maktabgacha ta`lim agentligi tomonidan nazoratga olingani ma`lum qilindi.

Ushbu holat  Navoiy viloyati Karmana tumani “Kumushkon” MFYdagi YaTT “Sh.S.” davlat-xususiy sheriklik asosidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotida sodir etilganligi aniqlangan.  

Ma`lumotlarga ko`ra, tarbiyalanuvchiga qilingan qo`pol hatti-harakat shu bog`chaning tarbiyachi yordamchisi S.Yu. tomonidan sodir etilgan.

Hozirgi paytda holat yuzasidan tuman ichki ishlar idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligi, S.Yu.ning hatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi va aybdor deb topilgan shaxslarga tegishli choralar ko`rilishi ma`lum qilindi

"Mazkur holat yuzasidan  qo`shimcha axborot taqdim etiladi.

Hurmatli davlat-xususiy sheriklik asosidagi barcha nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari  rahbarlari diqqatiga !  

Ota-onalar tomonidan Sizlarga ishonib topshirilgan bolalarga nisbatan mas`uliyat bilan e`tiborli bo`lishingizni talab qilinadi, aks holda  majburiyatlar bajarilmaganligi uchun davlat va xususiy sherik o`rtasida tuzilgan bitim shartlari buzilgan hisoblanib, qonunchilik asosida choralar ko`rilishi haqida ogohlantiramiz", - deyiladi rasmiy ma`lumotda.

    Boshqa yangiliklar