AsosiyJamiyat

Noqulay ob-havo va kuchli do`l sabab Samarqand aeroporti bugun kun bo`yicha samolyotlarni qabul qilmadi

'Noqulay ob-havo va kuchli do`l sabab Samarqand aeroporti bugun kun bo`yicha samolyotlarni qabul qilmadi'ning rasmi

Samarqand xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti va yog`ib o`tgan kuchli do`l sabab mahalliy vaqt bilan soat 10:45 dan 18:45 gacha havo kemalarini qabul qilish/jo`natish bo`yicha cheklovlar joriy etildi.

Silk Avia aviakompaniyasining Toshkent - Samarqand - Urganch yo`nalishi bo`yicha US105 reysi uchishi bir necha soatga kechiktirildi — jadvalga ko`ra, uchish soat 12:00ga belgilangan edi.

Kechiktirilgan reyslar yo`lovchilari Toshkent, Samarqand va Urganch aeroportlari terminallariga joylashtirilib, ovqat bilan ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar