AsosiyJamiyat

⚡️Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori va Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi prosessual tartibda ushlandi

'⚡️Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori va Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi prosessual tartibda ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura tomonidan prokuratura organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok xodimlaridan tozalash borasida barcha zarur choralar ko`rilmoqda, deya xabar bermoqda BP matbuot xizmati. 

Bunda eng avvalo, xodimlar o`rtasida nojo`ya va nomunosib xatti-harakatlarning oldini olish, shu bilan birga korrupsiyaga yo`l qo`ygan xodimlarni aniqlash hamda ularga nisbatan qa`tiy choralar ko`rishga e`tibor qaratilmoqda.  

Shunday tadbirlar doirasida Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori E.A. hamda Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi A.D.larning jinoiy qilmishlari fosh etilib, ularga nisbatan joriy yil 6 may kuni Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalar bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.  

Jinoyat ishi bo`yicha gumonlanuvchilar prosessual tartibda ushlandi.  

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.    

Tergovga aralashish va to`sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

 

    Boshqa yangiliklar