AsosiyJamiyat

“Dunyoni bog`laydigan festival ekanining guvohi bo`lyapman”

'“Dunyoni bog`laydigan festival ekanining guvohi bo`lyapman”'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida III Xalqaro baxshichilik san`ati festivali bo`lib o`tmoqda.

Bir necha yil O`zbekistonda yashagan yaponiyalik etnogrif Seika Vazaki III Xalqaro baxshichilik san`ati festivali haqida gapirdi:

- Bu erga ilmiy konferensiyaga qatnashish uchun kelgandim. Birinchi kunda ma`ruza o`tkazdim. Yaxshi qabul qilingan deb o`ylayman.
Ochilish marosimidan keyin 30 dan oshiq mamlakatdan kelgan san`atkorlar va Yaponiyadan birga kelgan ikkita san`atkorning san`atini teatrda ko`rib, xursand bo`ldim. Chunki avval ko`rmagandim. Ilmiy ishga ham juda foydali bo`ldi, deb quvondim. Eron, Ozarbayjon, Gruziya, Bolgariya, Yakutiyadan juda ko`p joylardan kelgan san`atkorlar bilan bitta mehmonxonada turibmiz. Men san`atkor emasman, lekin boshqa xalqlar bir-birga musiqa instrumentarlarini o`rgatishyapti. Dunyoni bog`laydigan festival ekanini guvohi bo`lyapman. 
Yapon xalqlarining baxshichilik san`atiga qiziqishi o`tgan mart oyida boshlangan. Tokioda festival bo`lganda Chiroqchilik Ahror baxshini Yaponiyaga chaqirgandik. Har kuni 500 ta odam mehmonga kelardi. Yaponiyaga nafaqat O`zbekiston, Qozog`iston baxshilari balki, O`rta Osiyodan birinchi martda qadam qo`yildi. Endi Yaponiya baxshichilik san`atini ko`rishyapti. Yaponlar shunday go`zal san`at borligini endi bilishdi. Internetga lavhalar qo`yib muxlislarni ko`paytirish niyatidamiz.

O`zbekistonga 2001 yillarda kelganman. 2006 yildan boshlab yashay boshlaganman va 6-7 yil yashaganman. O`zbekistonning odamlarining muomalasi, bag`rikengligi, mehmondorchiligi juda usta. Shu oqibat bizni bog`lab turadi, deb o`ylayman. 

Yaponiyaga qaytganimizdan keyin bu koni juda sog`inaman. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar