AsosiyJamiyat

Mushakbozlikni tomosha qilishni istaganlar uchun "Yangi O`zbekiston bog`i"ga avtobus qatnovlari yo`lga qo`yildi

'Mushakbozlikni tomosha qilishni istaganlar uchun "Yangi O`zbekiston bog`i"ga avtobus qatnovlari yo`lga qo`yildi'ning rasmi

"9-may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan, "Yangi O`zbekiston bog`i"da bo`lib o`tadigan  bayram tadbiriga tashrif buyuruvchi fuqarolar va yo`lovchilarga sifatli jamoat transporti xizmatini ko`rsatish maqsadida, 9 may kuni soat 18:00 dan harakatlanuvchi quyidagi vaqtinchalik avtobus yo`nalishlari tashkil etilmoqda:

"Mashinasozlar metrosi - Yangi O`zbekiston bog`i" (10 ta jadval asosida "Yutong" rusumli elektrobuslar, "1-Avtobus saroyi" filiali tomonidan xizmat ko`rsatiladi);

"Do`stlik metrosi – Yangi O`zbekiston bog`i" (10 ta jadval asosida "MAN" rusumli avtobuslar, "Toshavtobustrans" UK tomonidan xizmat ko`rsatiladi);

190-sonli "Yangibozor qo`rg`oni - Yangi O`zbekiston bog`i" (16 ta jadval asosida "MAN" va "SAZ LE-60" rusumli avtobuslar, "5-Avtobus saroyi" filiali tomonidan xizmat ko`rsatiladi);

"Do`stlik metrosi - Yangi O`zbekiston bog`i" (10 ta jadval asosida "Yutong" rusumli elektrobuslar, "7-Avtobus saroyi" filiali tomonidan xizmat ko`rsatiladi);

"Buyuk ipak yo`li metrosi – Yangi O`zbekiston bog`i" (10 ta jadval asosida "Yutong" rusumli elektrobuslar, "18-Avtobus saroyi" filiali tomonidan xizmat ko`rsatiladi).

 

 

    Boshqa yangiliklar