AsosiyJamiyat

Kosondagi xonadonda sodir bo`lgan yong`inda uy bekasi yonib ketdi

'Kosondagi xonadonda sodir bo`lgan yong`inda uy bekasi yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 2023 yil 10 may kuni soat taxminan 03.59 larda qutqaruv xizmatiga Koson tumani Yuqori Arabxona mahallasi Shuhrat ko`chasidagi xonadonlarning birida yong`in sodir bo`layotganligi haqida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati FVB matbuot xizmati. 

Xabarga ko`ra, tuman FVB dan 1 ta yong`in-qutqaruv bo`linmasi voqea joyiga zudlikda etib kelgan va yong`inni soat taxminan 04.30 larda to`liq bartaraf etgan. Yong`in oqibatida fuqaro B.L.ga tegishli xonadonning 28 metr kvadrat ichki va tom qismi zararlangan. Yong`indan xonadonning taxminan 150 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan.

Ma`lum bo`lishicha, sodir bo`lgan yong`indan 1 nafar fuqaro (xonadon sohibining turmush o`rtog`i) kuyish tan jarohati olishi natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur vaziyat yuzasidan tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar