Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda yashovchi ayol samosud qilingani aks etgan video tarqaldi.
Xabarlarga ko`ra, ayol erining birinchi turmushidagi xotini tomonidan yalong`och qilinib, videoga olingan va internetda tarqatilgan.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Unga ko`ra, ayol samosud qilinganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo`rlik ishlatib g`ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






