AsosiyJamiyat

Andijondagi ruhiy kasalliklar dispanserida tibbiyot xodimi bemorni kaltakladi (video)

'Andijondagi ruhiy kasalliklar dispanserida tibbiyot xodimi bemorni kaltakladi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyat asab-ruhiy kasalliklar dispanserida tibbiyot xodimi tomonidan bemorlardan biriga jismoniy qo`pol harakatlar qilinayotgani aks etgan video tarqaldi. 

Andijon viloyat sog`liqn saqlash boshqarmasi tomonidan olib borilgan o`rganishlarda, holat haqiqatdan yuz bergani aniqlangan. 

"Kichik tibbiy xodimining (sanitarka) bemorga nisbatan qilgan hatti –xarakatlari kechirilmas holatdir.

Xizmat tekshiruvi yakunlariga asosan xodimning xarakatlari bo`yicha huquqni muhofaza qilish organlariga hujjatlar taqdim etiladi.

Bo`lim mudiri, bo`limning katta hamshirasiga holat bo`yicha intizomiy jazo choralari belgilanishi uchun kasaba uyushmasiga ma`lumot taqdim etildi", deyiladi Boshqarma matbuot xizmati xabarida.

Ma`lum qilinishicha, kichik tibbiy xodim o`z asablarini jilovlay olmaganligini, o`z harakatini kechirilmas holat ekanligini izhor etib,  o`z vazifasidan ozod etishni so`rab ariza yozgan, arizasi qanoatlantirilib, mehnat shartnomasi bekor qilingan.

"Andijon viloyat asab-ruhiy kasalliklar dispanserida ishga qabul qilish jarayonlarida mehnat shartnomasida bemorlar bilan muomala madaniyati, jismoniy taziyiq va zo`ravonlik o`tkazmaslik asosiy shartlardan biri hisoblanadi, tibbiy xodimlarining ruhiy-emosional holatida yuklamalarni oldini olish uchun mehnat ta`tillari me`yordagidan uzoqroq muddatga beriladi, maoshlarda qo`shimchalar belgilangan.

Andijon viloyat sog`liqn saqlash boshqarmasi boshlig`i tomonidan barcha bemorlar bilan ish olib boruvchi xodimlar bilan ruhiy-psixologik suhbatlar olib borish, ishlash prinsiplariga o`zgartirishlar kiritish bo`yicha ko`rsatma berildi", - deb qayd etilgan bayonotda.

 

    Boshqa yangiliklar