AsosiyDunyo

Pokistonda Imron Xon tarafdorlari Bosh vazir qarorgohini yoqib yubordi 

'Pokistonda Imron Xon tarafdorlari Bosh vazir qarorgohini yoqib yubordi 'ning rasmi

Pokistonda sobiq bosh vazir Imron Xon Islomobodda hibsga olinganidan keyin hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi, namoyishchilar Xonni ozod etish talabi bilan tartibsizliklar keltirib chiqarmoqda. Bu haqda “Rybar” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, butun mamlakat bo`ylab sobiq hukumat rahbari tarafdorlari harbiy bazalarga o`t qo`ygan. Ko`pgina hollarda bu oddiy va kichik ofiserlarning Xonga sadoqati tufayli to`sqinliksiz o`tgan.

Namoyishchilar harbiy karvonlarni to`xtatib, ularni “mamlakatni sotgan” (namoyishchilar tomonidan shunday iddao qilinmoqda) generallarga qarshi chiqishga taklif qilmoqda. Odamlar barcha shaharlardan oqib kelmoqda va endi ishonch bilan olg`a intilmoqda.

Nashrga ko`ra, hukmron “Pokiston musulmon ligasi” partiyasining qarorgohi, shuningdek, mamlakat Bosh vaziri Shahboz Sharifning Lahordagi shaxsiy villasi ham yoqib yuborilishi oqibatida vayron qilingan. Namoyishchilar Faysaloboddagi Ichki ishlar vaziri Rana Sanaullohning uyini ham qurshab olgan.

Amaldagi Bosh vazir Shahboz Sharif hozirda Buyuk Britaniyada bo`lgani sabab Londondagi Pokiston diasporasi a`zolari allaqachon Shariflar oilasi uyi oldida norozilik namoyishi o`tkazmoqda. 

    Boshqa yangiliklar