AsosiyJamiyat

Toshkentning Yunusobod tumanidagi ko`p qavatli binoda yong`in yuzaga keldi (video)

'Toshkentning Yunusobod tumanidagi ko`p qavatli binoda yong`in yuzaga keldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanidagi ko`p qavatli bino yonayotgan tasvir tarqaldi. 

FVV holat haqida ma`lumot berdi.  

Ma`lum bo`lishicha,  bugun, 11 may kuni soat 15:24 da Yunusobod tumani 14-daha "Sevinch" MFYda joylashgan ko`p qavatli uy xonadonlarining birida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko`ra, yong`in-qutqaruvchilar soat 15:32 da voqea joyiga etib borgan. Aniqlanishicha, yong`in soat 15:54 da o`chirilgan.

Natijada xonadonning 40 kv.m maydonida uy jihozlari yonib zararlangan.

Ta`kidlanishicha, yong`inni bartaraf etishga 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar