AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi faol maktab direktorlari Buyuk Britaniyada malaka oshiradi

'O`zbekistondagi faol maktab direktorlari Buyuk Britaniyada malaka oshiradi'ning rasmi

London shahrida Butunjahon ta`lim forumida ishtirok etayotgan Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri Hilola Umarova Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti prorektori Bobby Mehta bilan anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur memorandum doirasida tomonlar:

- Portsmut universiteti filologiya fakulteti bitiruvchi talabalarining Respublikamiz umumiy o`rta ta`lim maktablarida mahalliy chet tili o`qituvchilari bilan juftlikda dars berish tizimini yo`lga qo`yish,

- Vazirlik tizimidagi lider maktab direktorlari uchun Portsmut universiteti tomonidan Buyuk Britaniyada 2 haftalik malaka oshirish kurslarini tashkil etish,

-Portsmut universiteti Kasbiy rivojlanish va amaliy ta`lim yo`nalishi rahbari Doktor Stiven Korbetni Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligining xorijiy tillar islohotlari yo`nalishida maslahatchisi etib tayinlanishi yuzasidan kelishib olishdi.

Shuningdek, O`zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida, Respublikamizning maktabgacha va maktab ta`lim muassasalarida faoliyat olib borishi ko`zda tutilgan Portsmut, Glazgo, Manchester Metropolitan, Vorvik, Notingem Trend, London hamda Oksford universitetlari o`qituvchilari va bitiruvchi talabalari uchun mavjud bo`lgan sharoitlar, ta`lim tizimimizdagi yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar