O`zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan joriy yilning 15 may kuni amalda bo`ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko`ra, dollarning rasmiy kursi 31.97 so`mga tushdi va 11 433.03 so`mni tashkil qildi.
Evro kursi 54.37 so`mga tushdi, 12 474,58 so`m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi esa 3.46 so`mga tushdi, 148.27 so`mni tashkil etdi.