Bugun, 12 may kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.
Majlisda muddatidan ilgari o`tadigan prezidentlik saylovida O‘zLiDePning ishtiroki va partiyaning navbatdagi S`ezdida partiyadan ko`rsatiladigan nomzod masalasi muhokama qilindi.
O‘zLiDeP Siyosiy kengashi a`zolari Shavkat Miromonovich Mirziyoev nomzodini O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko`rsatish masalasini navbatdagi partiya S`ezdi muhokamasiga kiritilishini bir ovozdan qo`llab-quvvatladilar.






