AsosiyIqtisodiyot

Toshkentda kambag`allikni qisqartirish bo`yicha II Xalqaro forum bo`lib o`tadi

'Toshkentda kambag`allikni qisqartirish bo`yicha II Xalqaro forum bo`lib o`tadi'ning rasmi

2023 yil 18 may kuni HiltonTashkent City mehmonxonasida “Kambag`allikni qisqartirish bo`yicha ilg`or tajribalarni tatbiq etish” II Xalqaro forumi bo`lib o`tadi.

Joriy yilda Forum O`zbekiston Respublikasi kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tomonidan tashkil etildi. Forum BMT Taraqqiyot dasturining O`zbekistondagi vakolatxonasi va BMT Bolalar jamg`armasining O`zbekistondagi vakolatxonasi ko`magida tashkil etilmoqda.

Yurtimizda bo`lib o`tadigan Kambag`allikni qisqartirish bo`yicha ikkinchi xalqaro forumda 200dan ortiq delegatlar, shu jumladan, kambag`allikka qarshi kurash bo`yicha J-PAL global tashabbusi, BMT, BMTTD, XMT, Jahon banki, YuNICEF, OTB, FTA, GIZ va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Iqtisod bo`yicha Alfred Nobel nomidagi mukofot sovrindori, kambag`allikni qisqartirish bo`yicha global tashabbusi J-PAL hammuassisi — AbxidjitBanerdji, Jorj Vashington universitetining farovonlik iqtisodiyoti va kambag`allikni o`lchash bo`yicha iqtisod professori —Jeyms Foster, Oksford kambag`allikka qarshi kurashish va insonkapitalini rivojlantirish tashabbusi direktori —Sabina Alkayrning ishtiroki katta ahamiyatga ega bo`ladi.

Shuningdek, Forumda Osiyo taraqqiyot banki vise-prezidenti Shichen Chen, Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo`yicha vise-prezidenti Anna Berde, BMTning O`zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Konsuelo Vidal Brus, YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzoda, Jahon bankining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, Xitoy Xalq Respublikasining kambag`allikka qarshi kurash xalqaro markazi direktori Lyu Szyunven, Pekin pedagogika universiteti professori, Qishloq hududlari reabilitasiyasi milliy departamenti rahbari ChjanSi o`z ma`ruzalari bilan qatnashadi.

Bundan tashqari, Forumda Ozarbayjon Respublikasi, Qozog`iston Respublikasi, XitoyXalq Respublikasi, Qirg`iziston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, shuningdek, diplomatik korpus vakillari ishtirok etishadi.

Xalqaro forumning maqsadi – kambag`allikka qarshi kurashish bo`yicha ilg`or jahon tajribasi vausullarini o`rganish, yaqin yillarda ko`p o`lchovli kambag`allikka barham berishda muvofiqlashgan kompleks yondashuv, ijtimoiy himoya va manzilli yordamga alohida e`tibor qaratgan holda amalga oshiriladigan qo`shma tadqiqotlar uchun ustuvoryo`nalishlarini shakllantirish, inson kapitalini takomillashtirish orqali mehnat bozorida o`qitish dasturlari sifatini oshirish, kichik korxonalarning o`sishini qo`llab-quvvatlash, yuqorisifatli ta`lim olish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo`ladi.

Ishtirokchilar rivojlanayotgan mamlakatlarda to`plangan tajribani yanada ommalashtirish maqsadida kambag`allikka qarshi kurashish bo`yichategishli chora-tadbirlarni amalga oshirishdaO`zbekiston erishgan yutuqlarning usullari vanatijalarini, jumladan, ularningsamaradorligini ko`rib chiqadilar.

Forum doirasida hamkorlikka oid bir qatorhujjatlarni imzolash va qo`shma kommyunikeni qabul qilish rejalashtirilgan bo`lib, jumladan, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamdaJ-PAL global tashabbusi o`rtasida Hamkorlik dasturi imzolanishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar