AsosiyJamiyat

Buxorodagi cho`lda ayol bir guruh erkaklar tomonidan zo`rlandi

'Buxorodagi cho`lda ayol bir guruh erkaklar tomonidan zo`rlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayolni bir necha shaxslar kuch ishlatish yo`li bilan zo`rlamoqchi bo`layotganliklari aks etgan video tarqaldi.

Ushbu holat Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas`ul xodimlari tomonidan o`rganilganda aniqlanishicha, 2023 yilning 30 mart kuni soat taxminan 13:00 larda G`ijduvon tumani «Sarmijon» mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan D.B. tanishi shu mahallada yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan S.G. ismli ayolni tumanning «Qoraxoni» mahallasi «Jilvon» cho`l hududiga olib borib, uning erkiga zid ravishda jinsiy aloqada bo`lib, o`zi bilan birga borgan sherigi tomonidan holatni video tasvirga olib, ushbu video tasvir orqali uni o`ziga qaram qilib, yonida bo`lgan boshqa 3 nafar tanishlari bilan ham jinsiy aloqada bo`lishga majbur qilgan.                

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 121-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ish yuzasidan gumon qilinuvchi 3 nafar shaxslar O`zbekiston Respublikasi JPK. ning 221-moddasi tartibida ushlanib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari, OAV vakillari, mustaqil jurnalist hamda blogerlar!

Unutmang, “shaxsning sha`nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma`lumotlarni oshkor qilish” jinoiy hodisa sifatida tavsiflanib O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 141/3-moddasi bilan javobgarlikka tortish uchun asos bo`ladi.

Bundan tashqari yuqoridagi kabi holatlarni OAV yoki ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilish dastlabki tergovning haqqoniy, odilona va to`liq olib borilishiga xalal berishi, o`zingiz bilmagan holda sir tutilishi mumkin bo`lgan tergov harakatlarini oshkor qilishingiz esa dalillarning yo`qotib yuborilishiga sabab bo`lishi mumkin.

Shunday ekan bu kabi holatlar yuzasidan qo`lingizga kelib tushgan har qanday ma`lumotning haqqoniyligini tekshirish, huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv yoki dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganligi yuzasidan belgilangan tartibda murojaat qilib yoxud ichki ishlar organlarining Axborot xizmatlari orqali ma`lumot olishingiz mumkinligini ma`lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar