AsosiyJamiyat

Milliy gvardiya xodimlariga jarima qo`llash huquqi berildi

'Milliy gvardiya xodimlariga jarima qo`llash huquqi berildi'ning rasmi

Milliy gvardiya xodimlarining ma`muriy huquqbuzarliklarni ko`rib chiqishdagi vakolatlari kengaytirildi.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar bermoqda.

Shunga ko`ra, Milliy gvardiya organlarining xodimlariga mayda bezorilik, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo`lgan ashyolarni olib yurish, voyaga etmagan shaxsni ma`muriy huquqbuzarlik sodir etishga, g`ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini iste`mol qilish kabi ma`muriy huquqbuzarliklar bo`yicha ishlarni ko`rib chiqish, bayonnomalar tuzish va ularni ko`rib chiqish uchun sudga yuborish bo`yicha qo`shimcha vakolatlar berildi.

Ushbu Qonun e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar