AsosiyJamiyat

O`zbekiston asosan qaysi davlatlardan engil avtomobil import qilishi ma`lum bo`ldi

'O`zbekiston asosan qaysi davlatlardan engil avtomobil import qilishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Statistika agentligining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning yanvar-mart oylarida O`zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 283,7 mln AQSh dollariga teng bo`lgan 10 489 ta engil avtomobil import qilgan. 
 Engil avtomobillar importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1981 taga oshgan.
 O`zbekiston 3 oyda 19 ta davlatdan engil avtomobillar import qilgan.
 3 oyda O`zbekiston engil avtomobillarni eng ko`p import qilgan davlatlar: 
-  Xitoy – 6007 ta
- Koreya – 3643 ta
- AQSh – 460 ta
-  Gonkong – 187 ta
-  Yaponiya – 81 ta
 - Germaniya – 59 ta
-  Avstriya – 14 ta
 - BAA – 13 ta

    Boshqa yangiliklar