AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida erkak yosh bolalarni kaltakladi

'Toshkent viloyatida erkak yosh bolalarni kaltakladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolalarni shavqasizlarcha qiynab, urayotgan erkak videosi tarqaldi. Bu aholi orasida erkakka nisbatan g`azab va nafrat kayfiyatini keltirib chiqarib, muhokamalarga sabab bo`lmoqda.

Tarqalayotgan videolarda erkak yosh bolalarni arqon bilan bo`g`ayotgani, ularni tepib, kaltaklayotgani aks etgan.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, hozirda mazkur holat IIBB tomonidan nazoratga olingan, fuqaroning shaxsi aniqlangan.
Tez orada dastlabki tafsilotlar bo`yicha axborot beriladi.

    Boshqa yangiliklar