O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi 14 may, yakshanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Unga ko`ra, bugun Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.
Respublikamizning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-11, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.
Joriy yilning 14-17 may kunlari O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so`ngra Volgabo`yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda.






