AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda maktab o`quvchilariga berilayotgan bepul oziq-ovqat mahsulotlari orasidan dori chiqqani aytildi

'Qoraqalpog`istonda maktab o`quvchilariga berilayotgan bepul oziq-ovqat mahsulotlari orasidan dori chiqqani aytildi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonda keytering usulida etkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlari ichidan tabletka ko`rinishida dori vositalari chiqqani haqida xabar tarqaldi.  Holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Qoraqalpog`iston prokuraturasi ma`lumot berdi.

Qoraqalpog`iston prokuraturasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida aniqlanishicha, bir guruh shaxslar keytering usulida oziq-ovqat ta`minotini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga nisbatan tuhmat uyushtirish orqali ularni obro`sizlantirish maqsadida, 3 ta holatda ichiga dori vositalari joylashtirilgan bulka va pryanik mahsuloti, go`yoki Ellikqal`a va Beruniy tumanlaridagi ta`minotchilar tomonidan tarqatilgani haqidagi iddaolar bilan “Antikorrupsiya” Telegram kanaliga asossiz va noxolis ma`lumotlar joylashtirilishiga erishib, tadbirkorlik sub`ektlarining ishbilarmonlik nufuziga putur etkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “g” bandi (tuhmat) va 192-moddasi (raqobatchini obro`sizlantirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Jinoyat ishi tergovi yakuniga ko`ra, aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi hal etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar