AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonga eng ko`p investisiya kiritgan davlatlar o`ntaligi ma`lum qilindi

'O`zbekistonga eng ko`p investisiya kiritgan davlatlar o`ntaligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Statistika agentligi O`zbekistonga eng ko`p investisiya kiritgan davlatlar o`ntaligini e`lon qildi. 

Unga ko`ra, 2023 yilning yanvar-mart oylarida O`zbekistonda asosiy kapitalga o`zlashtirilgan investisiyalar hajmi 56,6 trln so`mni tashkil etgan. O`zlashtirilgan jami xorijiy investisiya va kreditlar hajmida esa Xitoy eng yuqori ulushga ega bo`lgan.

Demak, jami xorijiy investisiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo`lgan investor davlatlar quyidagilar:

  • Xitoy – 19,9 foiz
  • Rossiya – 15,7 foiz
  • Saudiya Arabistoni – 13,5 foiz
  • Turkiya – 6,1 foiz
  • Kipr – 5,4 foiz
  • Germaniya – 3,3 foiz
  • Shveysariya – 3 foiz
  • Singapur – 2,9 foiz
  • Gonkong – 2,8 foiz
  • Buyuk Britaniya – 2,7 foiz

    Boshqa yangiliklar