AsosiyJamiyat

Bugun Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti Otabek Umarovning tug`ilgan kuni

'Bugun Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti Otabek Umarovning tug`ilgan kuni'ning rasmi

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti Otabek Umarovga tabrik yo`lladi.

"Otabek Muhammadalievich Umarov 1984 yil 15 may kuni tug`ilgan. Uzoq vaqtdan beri o`zbek sporti rivojiga ulkan hissa qo`shib kelayotgan mutaxassislardan sanaladi. Jumladan, O`zbekiston triatlon federasiyasi raisi, MMA assosiasiyasi asoschisi va birinchi rahbari sifatida yurtimizda ushbu sport turlari, xususan, ommaviy sport targ`ibotini yangi bosqichga olib chiqdi.

Otabek Muhammadalievich 2020 yil O`monning Maskat shahrida o`tgan Osiyo Olimpiya kengashining Bosh Assambleyasida tashkilotning vise-prezidenti etib saylandi. Uning mazkur lavozimga saylanishi poytaxtimizning 2025 yil yoshlar Osiyo o`yinlarini qabul qilishi bilan bog`liq. Hozirda Otabek Umarov OOK vise-prezidenti sifatida Yangi O`zbekistonning salohiyatini butun dunyoga ko`rsatishda, mamlakatimiz va Markaziy Osiyoda Olimpiya harakati targ`ibotining yanada kuchayishida jonbozlik ko`rsatmoqda. Qayd etish joiz, 2022 yil Osiyo Olimpiya kengashi Ijroiya qo`mitasining yig`ilishi ilk bor Toshkentda o`tkazilishida uning xizmati katta", deyiladi tabrikda.

    Boshqa yangiliklar