AsosiyJamiyat

Andijonda mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o`rnatgan shaxs aniqlandi

'Andijonda mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o`rnatgan shaxs aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning bergan xabariga ko`ra, Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan “O`zenergoinspeksiya” Andijon hududiy bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.K. “A.” mehmonxonasi er to`lasida 24 ta to`plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o`zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga ulab, jami 183,6 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar