AsosiyJamiyat

Bu yilgi test sinovlari yopiq binolarda o`tkaziladi

'Bu yilgi test sinovlari yopiq binolarda o`tkaziladi'ning rasmi

Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatidagi tizimli muammolar va ularning echimlariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi.

Unda 2023/2024 o`quv yili uchun respublika oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha test sinovlarini tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, test sinovlarini o`tkazishga mo`ljallangan alohida binolarning mavjud emasligi sababli o`tkazilayotgan aksariyat test sinovlari ta`lim muassasalari o`quv binolarida ta`lim jarayoniga xalaqit qilmaslik uchun haftaning dam olish (shanba va yakshanba) kunlarida o`tkaziladi.

Yig`ilish davomida 2023/2024 o`quv yili uchun test sinovlari o`tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olindi hamda ularning reja chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan.

Shuningdek, test sinovlari o`tkaziladigan 15 ta umumta`lim fanidan 26 520 ta va qardosh (qozoq, qirg`iz, tojik, turkman) tillardan 2 400 ta test topshirig`i shakllantirildi va ekspertizadan o`tkazildi. Keng jamoatchilik orasidan test sinovlarida guruh nazoratchiligiga nomzod sifatida ro`yxatdan o`tgan 8 956 nafar talabgordan 4 000 nafarga yaqini saralab olindi va ular bilan shartnomalar rasmiylashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar