Olmaliq shahrida maktab o`quvchilarini avtomashina urib yuborganligi haqida videoxabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura izoh berdi.
Aniqlanishicha, joriy yil 15 may kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi 19 yoshli S.X. (erkak) Damas avtomashinasida "Tinchlik" ko`chasi bo`ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, haydovchi qizil chiroqqa bo`ysunmasdan harakatni davom ettirgan va yo`lni kesib o`tayotgan 14 yoshli 2 nafar maktab o`quvchilarini urib yuborib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
Avtohalokat oqibatida tan jarohati olgan piyodalar Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga olib kelingan.
Mazkur holat yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hozirda Olmaliq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.