AsosiyJamiyat

Har yili 100 mingta zamonaviy korxona ishga tushmoqda — Prezident

'Har yili 100 mingta zamonaviy korxona ishga tushmoqda — Prezident'ning rasmi

Har yili 100 mingta zamonaviy korxona ishga tushmoqda. Ularga 300-400 ming malakali mutaxassis kerak. Shuningdek, xususiy sektorda yiliga 200 mingta bo`sh ish o`rni paydo bo`lmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Lekin kasb-hunar maktablari, kollej, texnikum va monomarkazlarda buncha malakali mutaxassisni tayyorlashga salohiyati hali etarli emas. 

Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni 285 mingdan 590 mingtaga ko`paydi. Bu bitta tumanda 2,5 mingdan ortiq yoki bir mahallada 50 nafardan tadbirkorlar sinfi shakllandi degani.

Prezident joylarda tadbirkorlar bilan manfaatli hamkorlik qilinib, ular qo`llab-quvvatlansa, tumanda, mahallada bandlik masalasini hal qilish uchun imkoniyatlar yanada ko`payishini ta`kidladi.
 

    Boshqa yangiliklar