AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 1-iyundan boshlab “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi

'O`zbekistonda 1-iyundan boshlab “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi'ning rasmi

Har yili kasb-hunarga o`qitishga 200 milliard so`m ajratilayotgani, ammo bu mablag`lar tadbirkorlik sub`ektlarining mutaxassislarga ehtiyoji bilan bog`lanmagani ko`rsatib o`tildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xuddi shunday, tadbirkor ham yiliga katta xarajat qilib, o`zi uchun minglab mutaxassis tayyorlashga majbur. Lekin bunda davlat qo`llab-quvvatlovi kerak. 

Prezident aholi bandligini ta`minlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratish va moliyaviy rag`batlar taqdim etish zarurligini qayd etdi. 

Shu maqsadda 1 iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi.

Dasturga 2023-2024 yillarda jami 1 milliard dollar ajratiladi.

Bu mablag`lar hisobidan:

- kambag`al oilalar a`zosini kasbga o`qitib, ishli qilish bo`yicha loyiha ahamiyatiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi;

- tadbirkorning “amaliy monomarkaz” tashkil qilish va jihozlash hamda kasbga o`qitish xarajatlari to`liq qoplab beriladi.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar