1

O`zbekistonda yil boshidan beri 21 ta holatda ovqatdan zaharlanishdan 107 nafar fuqaro jabrlangan, 2 nafar bemor vafot etgan

Salomatlik 15.05.2023, 21:29
O`zbekistonda yil boshidan beri 21 ta holatda ovqatdan zaharlanishdan 107 nafar fuqaro jabrlangan, 2 nafar bemor vafot etgan

Joriy yilning o`tgan davrida 21 ta holatda ovqatdan zaharlanishdan 107 nafar fuqaro jabrlangan, 2 nafar bemor vafot etgan.

Bu haqda AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi  rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi:

Jabrlangan 107 nafar fuqaroning 22 tasi bolalar bo`lgan.

Jami qayd etilgan zaharlanishlardan 15 ta holatda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste`mol qilish oqibatida “Botulizm” kasalligi qayd etilib, 52 nafar fuqaro jabrlangan, shundan 8 nafari bolani tashkil etadi.
 

6 ta holatda “Ovqat toksikinfeksiyasi” qayd etilgan bo`lib, 55 nafar fuqaro jabrlangan bo`lsa, shulardan 11 nafarini bolalar tashkil etadi.

2 ta holatda umumiy ovqatlanish shoxobchalarida, ya`ni bir zumda tayyorlanadigan “Lavash”, “Burger” va shu kabi tezpishar mahsulotlarni tayyorlash jarayonida ularning texnologiyasiga to`liq rioya etmaganligi, maxsulotlarni noto`g`ri saqlaganligi, qolaversa ushbu maxsulotlarni tayyorlash jarayonida mahsultlarning bir-biriga mos kelmasligi oqibatida iste`mol qilgan fuqarolar orasida oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi va ovqatdan zaharlanishga sabab bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1