AsosiyJamiyat

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi A.Temur ko`chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

'Toshkent shahar Mirobod tumanidagi A.Temur ko`chasining bir qismi vaqtincha yopiladi'ning rasmi

Yangi elektr uzatish tarmog`ini qurish ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida Mirobod tumani A. Temur ko`chasining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahar aholisi va ijtimoiy soha obektlarining elektr ta`minotini yanada yaxshilash, yoz mavsumida iste`molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta`minlash, tarmoqlar yuklamasini me`yorida saqlash hamda kelgusida quvvat uzatishda zaxira yaratish maqsadida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalari yangilanmoqda.

Xususan, Mirobod tumanining Amir Temur ko`chasi bo`ylab yangi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog`ini tortish ishlari amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan, 15 maydan to qurilish ishlari yakunlangunga qadar Amir Temur shoh ko`chasining Nukus ko`chasi bilan kesishmasidan Amir Temur ko`chasi bo`ylab Shahrisabz ko`chasi kesishmasigacha bo`lgan oraliqda yo`lning bir tasmasi vaqtincha yopiladi.

    Boshqa yangiliklar