Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 44-sonli umumta`lim maktabining 11-"J" sinf o`quvchisi Abdulahad Turg`unaliev muddatidan oldin bir yo`la AQShning nufuzli 44 ta oliy ta`lim muassasasiga imtiyozli o`qishga qabul qilinadigan bo`ldi va 3 million 148 ming 315 dollar miqdoridagi grant sohibiga aylandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Quvonarlisi, Abdulahad matematika va ingliz tili fanlari bo`yicha 1370 ball to`plab, xalqaro SAT sertifikatini qo`lga kiritdi. Ingliz tilidan 7,5 ball jamg`arib, IELTS sertifikatiga sazovor bo`ldi.
Ayni paytda bitiruvchi Abdulahad Turg`unaliev hamda uning ustozlari, ota-onasi va barcha yaqinlarining quvonchi cheksiz.






