Bugun kunduz kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning birinchi yarmida Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25° bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, ayrim joylarda do`l yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Baland tog`li (2000 m dan baland) hududlarda yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-16° bo`ladi.
18.05.2023 03:19
Bugun ham respublika bo`ylab yomg`irli ob-havo hukm suradi






