AsosiyJamiyat

Toshkentda qalbaki dollar yasovchi shaxs qo`lga olindi

'Toshkentda qalbaki dollar yasovchi shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Prokuratura Departamentining ma`lum qilishicha, Toshkent shahar Chilonzor tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida qalbaki pullarni sotayotgan shaxs aniqlangan.

Muqaddam sudlangan Z.M. va boshqalar noqonuniy daromad orttirishni ko`zlab, qalbaki 6 000 AQSh dollarini fuqaro B.Z.ga 45,6 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar