Poytaxt hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari almashdi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining Toshkent shahar hokimiga yangi o`rinbosar tayinlash haqidagi qarori qabul qilindi. Qaror matni E-qaror.uz'da e`lon qilingan.
Unga ko`ra, Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari Alimardon Qarshiev lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari lavozimiga Abdulvosid Homitjonov tayinlangan.






