AsosiyJamiyat

O`zbekiston prezidentligiga nomzod uchun imzo yig`ilish boshlandi

'O`zbekiston prezidentligiga nomzod uchun imzo yig`ilish boshlandi'ning rasmi

Qoida bo`yicha, Saylovda ishtirok etishiga ruhsat berilgan siyosiy partiya O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko`rsatilgan nomzodni qo`llab-quvvatlab, respublika bo`yicha jami saylovchilarining kamida bir foizining imzosini to`plashi kerak.

O`zbekiston Ekologik partiyasi O`zbekistondagi siyosiy partiyalar ichida eng yoshi hisoblanib, partiya 2019 yil 22 yanvarda Adliya vazirligida ro`yxatga olingan. May-iyul oylarida O`zbekiston Ekologik partiyasining viloyat va shahar partiya tashkilotlari tuzilgan.

2021 yil 1 sentyabr holatiga ko`ra, Partiya 14 ta hududiy va 206 ga yaqin tuman va shahar partiya tashkilotlaridan iborat. Boshlang`ich partiya tashkilotlari ko`plab mahallalarda, korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlaydi. Olti oy mobaynida 453 mingdan ziyod odam O`zbekiston Ekologik partiyasi a`zosiga aylandi, ulardan 46.8 foizi ayollar, 39.8 foizi yoshlardir.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar