1

Gaz qazib chiqarishni ko`paytirish sohasida O`zbekiston va Kanada kompaniyalari o`rtasida shartnoma imzolandi

Iqtisodiyot 20.05.2023, 09:44
Gaz qazib chiqarishni ko`paytirish sohasida O`zbekiston va Kanada kompaniyalari o`rtasida shartnoma imzolandi

2023 yil 19 may kuni “O`zbekiston neft va gazi – OGU-2023” 25-yubiley ko`rgazmasi va O`zbekiston uchinchi xalqaro energetika forumi doirasida xorijiy hamkorlar bilan shartnoma va memorandumlarni tantanali ravishda imzolash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda marosimda ishtirok etgan Darakchi.uz muxbiri xabar bermoqda.

Xususan, Kanadaning “Condor” kompaniyasi bilan tabiiy gaz qazib chiqarish va zahiralarni ko`paytirish sohasida asosiy shartlar bo`yicha shartnoma imzolandi.

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy boshqaruv usullari va ilg`or tajribalarni joriy etish maqsadida etakchi xalqaro universitet – “Universiti teknologi petronas” (Malayziya) bilan “O`zbekneftgaz” AJ mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida o`zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1