Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabida “Maktabdan tashqari ta`lim: muammo va echimlar” mavzusidagi 1-Respublika forumi boshlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi xabar berdi.
Malum qilinishicha, forumda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligining hududiy boshqarma vakillari, mamlakatimizdagi mavjud “Barkamol avlod” bolalar maktablari, “Bolalar kutubxonalari” direktorlari, “Yoshlik” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati rahbarlari ishtirok etdi.
Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri Hilola Umarova forum davomida mutaxassislar tomonidan bildirilgan tegishli masalalarni hal etish bo`yicha o`z tavsiya va takliflarini bildirib o`tdi.
Shu bilan birga maktabdan tashqari ta`limni tashkil etishda xalqaro tajribani o`rganish maqsadida mas`ul xodimlar va mutaxassislarni xorijiy davlatlarga xizmat safariga yuborish bo`yicha aniq vazifalar ilgari surildi.
Shuningdek, kelgusida “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining navbatdan tashqari Qurultoyini o`tkazish bo`yicha aniq vazifalar belgilab olindi.






