Germaniya terma jamoasi JCh-2018 turniriga saralash bosqichi 2-turida Chexiya futbolchilarini o`z maydonida qabul qildi va yirik hisobda g`alabaga erishdi.
Uchrashuvda 3:0 hisobi qayd etildi. Germaniya terma jamoasi tarkibida Tomas Myuller dublga erishgan bo`lsa, Toni Kroos bitta gol kiritishga muvaffaq bo`ldi.
Germaniya o`tkazilgan ikki turdan so`ng 6 ochko jamg`argan holda o`z guruhida peshqadamga aylandi.
JCh–2018 turniriga saralash bosqichi, 2-tur
Germaniya – Chexiya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 13 Myuller, 2:0 – 49 Kroos, 3:0 – 65 Myuller.
Germaniya – Noyer, Boateng, Xektor (Xevedes, 68), Xummels, Kimmix, Xedira, Kroos (Gyundogan, 76), O`zil, Draksler (Brandt, 80), Getse, Myuller.
Chexiya – Vaslik, Sivok, Novak, Suxi, Kaderjabek, Petrjela (Skalak, 69), Pavelka (Droppa, 63), Dochkal, Gorshava, Kreychi, Vidra (Kadles, 76).
Ogohlantirishlar: Kaderjabek (19), Pavelka (54).





