Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati IIB YHXB xodimining qoidabuzarligi qayd etilgan xabar tarqaldi.
Mazkur holat viloyati YHXB xodimlari tomonidan o`rganilgan.
Natijada xabarlardagi qoidabuzar Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasiga qarashli 80 571 VSF avtomashina haydovchisi katta leytenant M.E. bo`lib chiqdi. Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtK ning 128-moddasi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.






